NAVOIY VA OMSK VILOYATLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
16.12.2022 yil viloyat hokimi Normat Tursunov Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Anatoliy Burkov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Omsk viloyati vazirlik, idora va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hududlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, agrar, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun shartnoma va bitimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Omsk delegatsiyasi bugun “Navoiy” EIZdagi ishlab chiqarish obyektlari, «Navpromlitmash», «Tiancheng Stone», «Gidro-Stanko-Servis» korxonalari, NavDPI va NavDKTU faoliyati bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, ikkala hudud rahbarlari joriy yil aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida uchrashib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida muzokaralar olib borishgandi.