Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda!
Внимание! Сайт работает в тестовом режиме!
  • Uzbek
  • Russian
  • English

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi PF – 5719 Farmoniga binoan «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ tuzilmasida Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil qilish hamda «Navoiy» EIZ qatnashchilariga maslahat, vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish, ularning O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi ko‘rgazma va ishbilarmonlik tadbirlariga ishtirokini tashkil qilish, ishtirokchining buyurtmasiga ko‘ra tijorat asosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali ularga mahsulotlar eksportida ko‘maklashish Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo‘nalishi etib belgilangan.

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining butun davrida soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.

 «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJning dastlabki ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» DUKning mulklari hisobiga shakllantiriladi;

«Navoiy» EIZ hududida joylashgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ buyurtmanomalariga binoan vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» DUKning huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha vorisi hisoblanadi;

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJning ustav kapitalida davlat nomidan aksiyadorlik funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

«Navoiy» EIZ hududida binolar qurish «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ tomonidan o‘z mablag‘lari va/yoki xususiy investorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin hamda keyinchalik ushbu bino va inshootlar tadbirkorlik sub’ektlariga uzoq muddatli ijaraga yoki sotib olish uchun taqdim etiladi;

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida Navoiy viloyati hududida joylashgan davlat ixtiyoridagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqaradi hamda Navoiy viloyatidagi Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bilan kelishgan holda Navoiy viloyati hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy maydoni 5000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lmagan, foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi «Davlat mulki ob’ektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ob’ektlardantashqari) «Navoiy» EIZ ishtirokchilariga taqdim etadi;

«Navoiy» EIZ ishtirokchilari uchun barcha, shu jumladan litsenziyalash va ruxsatnomalar olish bo‘yicha davlat xizmatlari

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan «yagona darcha» tamoyili asosida taqdim etiladi.

Quyidagilar «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilangan:

EIZ ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun bir martalik to‘lovlar;

tasarrufida va boshqaruvida bo‘lgan er uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar;

«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan marketing, konsalting, logistika, mehmonxona, ta’lim va kadrlar bilan bog‘liq xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;

maqsadli byudjet ajratmalari;

xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.