Agar Siz Kompaniyamizda ishlash istagida bo‘lsangiz, o‘z rezyumeyingizni bizga yuborishingiz yoki nomzod anketasini saytimizdan o‘zingizga yuklab olib, to‘ldirib, so‘ng faks yoki e-mail orqali bizga yuborishingiz mumkin.
Faks: (+998 79) 532-58-08 (09)
E-mail: INFO@NIES.UZ
Sizga mos bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lishi bilan Kompaniyamizning Kadrlarni boshqarish bo‘limi xodimlari Siz bilan aloqaga chiqadilar.
“NAVOIY EIZ DIREKSIYASI” AJGA ISHGA QABUL QILINUVCHI NOMZODLARNI TANLOVDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOM
Komissiya Stansiyaning Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori raisligida barcha tegishli direktorlar, bo‘lim boshliqlari, doimiy imtihon Komissiya a’zolaridan tarkib topgan bo‘lib, holislikni ta’minlash maqsadida tanlovoldi suhbat va asosiy tanlovda ishtirok etadigan a’zolarning aniq nomzodi Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori tomonidan belgilanadi. Zarurat bo‘lganida Komissiyaga sex boshliqlari Komissiya Raisining qarori bilan qo‘shilishi mumkin.
Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar tanlovi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
(tegishli saytlarga belgilangan tartibda joylashtirish)
II- bob. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin tanlov o‘tkazilishini e’lon qilish
III-bob. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, tanlovoldi suhbatda ishtirok etishga talabgorlarni ro‘yxatga olish
IV — bob. Nomzodlar bilan tanlovoldi suhbat o‘tkazish
2 ball — Qoniqarsiz javob berish:
3 ball — Qoniqarli javob berish;
4 ball — Yaxshi javob berish;
5 ball — A’lo javob berish.
IELTS — International English Language Testing System — Xalqaro ingliz tilini bilish tizimi bo‘yicha tegishli amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga, hujjatlardagi darajaga qarab 1 balldan 3 ballgacha qo‘shimcha baho beriladi.
V — bob. Nomzodlar o‘rtasida asosiy tanlovni o‘tkazish
Tanlovoldi suhbatdan o‘tgan talabgorlar bilan asosiy tanlov tanlovoldi suhbat o‘tkazilganidan so‘ng 15 kunlik muddat ichida yoki Komissiya raisi belgilagan muddatda o‘tkaziladi.
Asosiy tanlovda ishtirok etishga kelgan talabgorlar Komissiya a’zolariga : — pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni ;
— mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;
— harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
— qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi
25 Asosiy tanlov natijalari bo‘yicha har bir savol 5 (besh) ballik tizimda baholanadi. Jami bo‘lib 5ta savollar beriladi.
2 ball — Qoniqarsiz javob berish:
3 ball — Qoniqarli javob berish;ball
4 ball — Yaxshi javob berish;
5 ball — A’lo javob berish.
IELTS — International English Language Testing System — Xalqaro ingliz tilini bilish tizimi bo‘yicha tegishli amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga, hujjatlardagi darajaga qarab 1 balldan 3 ballgacha qo‘shimcha baho beriladi.
27.Asosiy tanlov yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar umumlashtirilib,umumiy ball hisoblab chiqariladi.
28.Komissiya tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar belgilangan shakldagi javoblar varaqasida qayd qilinadi.
30.Shundan so‘ng asosiy tanlovdan o‘tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi shartlarini kelishuv jarayoni boshlanadi.
31.Mehnat shartnomasi shartlari kelishilganidan so‘ng mehnat shartnomasini tuzish jarayoni rasmiylashtiriladi.
VI-bob. Yakuniy qoidalar
32.Tanlovoldi suhbat va asosiy tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod o‘n kun muddat ichida ” Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJning Bosh direktoriga, “ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat kilishi mumkin.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI
Tanlovda ishtirok etishga istak bildirgan nomzodlarning hujjatlari info@feznavoi.uz elektron manzili orqali yoki http://nfez.uz/ onlayn ruyxatdan utish orkali. Yoki Navoiy viloyati, Karmana tumani, Do‘stlik MFYda joylashgan EIZ Direksiya binosida qabul qilinadi.
TANLOV QUYIDAGILARNI O‘Z ICHIGA OLADI :
Nomzodlar va ularning hujjatlarini bo‘sh vakant lavozimlarga qo‘yiladigan talablariga muvofiqligini o‘rganish 15 kun;
Test sinovlarini o‘tkazish
“ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJ da suhbat.