Maydoni: 110,8 ming kv. km
Aholi soni: 1,1 mln.
Ma’muriy bo‘linishi: 3 shahar va 8 tumanlardan iborat
Mexnat resurslari: 553,8 ming.
Tabiiy resurslar : oltin, volfram, uran, mis,
noyob metallar, kumush, rux va boshqalar.
Jami 644 gektar . Shundan, 564 gektar –Karmana tuman xududi va 80 gektar- Navoiy shahar xududi.
Ushbu xududlar EIZning bazaviy xudularlari hisoblanadi va ular Prezident Qarorilari bilan “Navoiy” EIZ Direksiyaga biriktirilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2019 yil 15 may kunidagi PF-5719-sonli Farmonga ko‘ra Navoiy viloyatining butun xududi erkin iqtisodiy zonasiga aylantirilgan.
“Navoiy EIZning bazaviy xududlari komunal-muhandislik infrutuzilma bilan to‘liq ta’minlangan.
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasining 17.02.2020 yildagi “Mahsus iqtisodiy zonalar” to‘g‘risidagi O‘RQ-604-sonli Qonunining 26 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 21 dekabr 2018 yildagi PF-5600-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va adbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-adbirlari to‘g‘risida” PF-153-sonli 2022 yildagi 13 iyun kunidagi Farmonlarida belgilangan.
Ularga ko‘ra,
A. Investitsiya buyurtmanomasi investor tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasiga beriladi.
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxs ustavining va yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxalari (investor — yuridik shaxs uchun);
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi (investor — jismoniy shaxs uchun);
investitsiya loyihasining biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asosi;
investitsiya bitimining loyihasi.
B. maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining qarorlari bilan ma’qullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari tomonidan elektron onlayn-auksionga chiqariladi, bunda yer uchastkasini auksionga chiqarishni boshqa tashkilotlar bilan kelishish, shu jumladan «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish talab etilmaydi.
elektron onlayn-auksion g‘olibi investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan yer uchastkasini ijaraga olish va investitsiya bitimi tuzish huquqini qo‘lga kiritadi, bunda yer uchastkasini ijaraga olish shartlari investitsiya bitimida nazarda tutiladi.
Qonunga ko‘ra “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari soliq bo‘yicha imtiyozlardan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda foydalanadi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno);
tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) to‘lanmaydi.
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to‘lashi mumkin.
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining o‘rni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga yetti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi.
To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Soliq Kodeksiga ko‘ra ,
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
Soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.
Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.
Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.