Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda!
Внимание! Сайт работает в тестовом режиме!
  • Uzbek

BO‘SH ISH O‘RINLARI

Agar Siz Kompaniyamizda ishlash istagida bo‘lsangiz, o‘z rezyumeyingizni bizga yuborishingiz yoki nomzod anketasini saytimizdan o‘zingizga yuklab olib, to‘ldirib, so‘ng faks yoki e-mail orqali bizga yuborishingiz mumkin.

Faks:  (+998 79) 532-58-08 (09)

E-mail: INFO@NIES.UZ

Sizga mos bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lishi bilan Kompaniyamizning Kadrlarni boshqarish bo‘limi xodimlari Siz bilan aloqaga chiqadilar.

"NAVOIY EIZ DIREKSIYASI” AJGA ISHGA QABUL QILINUVCHI NOMZODLARNI TANLOVDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

“NAVOIY EIZ DIREKSIYASI” AJGA ISHGA QABUL QILINUVCHI NOMZODLARNI TANLOVDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI

NIZOM

  1. I bob. Umumiy qoidalar
  2. Mazkur Nizom “ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJga (bundan buyon matnda Korxona deb yuritiladi) ishga qabul qilinuvchi nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  3. Tanlov qonun hujjatlariga muvofiq, nomzodlarning Korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha vazifa va funksiyalarini bajarishga layoqatligini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
  4. Mazkur Nizom talablari “ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJning nomenklaturasiga kiruvchi hamda yuridik xizmat xodimlari (Adliya boshqarmasi bilan kelishgandan keyin) nazarda tutadigan lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarga tadbiq etilmaydi.
  5. Xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin tanlovni tashkil etish Xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
  6. Ishga qabul qilinuvchi nomzodlarni tanlab olish Tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.

Komissiya  Stansiyaning Ishlab  chiqarish bo‘yicha direktori raisligida barcha tegishli direktorlar, bo‘lim boshliqlari, doimiy imtihon Komissiya a’zolaridan tarkib topgan bo‘lib, holislikni ta’minlash maqsadida tanlovoldi suhbat va asosiy tanlovda ishtirok etadigan a’zolarning aniq nomzodi Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori tomonidan belgilanadi. Zarurat bo‘lganida Komissiyaga sex boshliqlari Komissiya Raisining qarori bilan qo‘shilishi mumkin.

Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar tanlovi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

(tegishli saytlarga belgilangan tartibda joylashtirish)

  1. bosqich – Korxonadagi bo‘sh ish o‘rni va unga nomzodlar tanlanishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish;
  2. bosqich – nomzodlarni ro‘yxatga olish va ularning hujjatlarini o‘rganib chiqish va qabul qilish;
  3. bosqich — Komissiya tomonidan nomzodlar o‘rtasida bir oyda  bir marotaba tanlovoldi suhbat, savolnoma o‘tkazish; (Tanlovoldi suhbat,  savolnoma asosida suxbat o‘tkazilib, nomzodning bilim darajasini aniqlash)
  4. bosqich – tanlovoldi suhbat va savolnomadan o‘tgan shaxslar o‘rtasida asosiy tanlov o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan nomzod bilan mehnat shartnomasini tuzishga oid muzokara olib borish (nomzod bilan o‘tkazilgan suhbat natijasi bo‘yicha suhbatlashish varaqasini komisiya raisi va a’zolari rasmiylashtirilgandan so‘ng ijobiy qarordan keyin)
  5. bosqich – Mehnat shartnomasining shartlarini kelishib olish.

II- bob. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin tanlov o‘tkazilishini e’lon qilish

  • Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon matni Korxonaning rasmiy veb-sayti va boshqa saytlarda, shuningdek maxsus tarmoqlarda ham joylashtirilishi mumkin.
  • Bo‘sh ish o‘rni yuzaga kelishi bilan korxonada Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor, reja-iqtisod bo‘lim boshlig‘i, xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Korxona Bosh direktori bilan kelishgan holda, mazkur Nizomning  1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha e’lon matnini Axborot xizmatiga taqdim etadi.
  • Axborot xizmati tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonni bir ish kuni davomida tegishli saytlarga belgilangan tartibda joylashtiradi.

III-bob. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, tanlovoldi suhbatda ishtirok etishga talabgorlarni ro‘yxatga olish

  1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar e’londa nazarda tutilgan hujjatlar bilan murojaat etishlari mumkin.
  2. Nomzodlarni ro‘yxatga olish Xodimlar bo‘limi tomonidan nomzodlarni I.F.SH, yashash joyi, ma’lumoti va mutahassisligi, qaysi ishga talabgor ekanligi, telefon raqamlarini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tanlov o‘tkazish sanasi belgilanganidan so‘ng bir kunlik muddatda barcha talabgorlarga  SMS yuborish orqali xabar qilinadi va agarda talabgor ushbu xabarga asosan tanlovga kela olmagan bo‘lsa, Korxona javobgarlik olib bormaydi.
  3. Tanlovda ishtirok etish uchun e’lon matnida nazarda tutilgan hujjatlar bevosita tanlov o‘tkazishdan oldin Komissiya a’zolariga taqdim qilinadi.
  4. Qabul qilingan hujjatlar asosida Komissiya tomonidan nomzodni bo‘sh ish o‘rnining malaka talablari mosligi o‘rganib chiqiladi.
  5. O‘rganib chiqish natijasiga qarab tanlov oldi suhbatga kiritish kiritmaslik masalalari  Komisiya tomonidan  hal qilinadi.

IV — bob. Nomzodlar bilan tanlovoldi suhbat o‘tkazish

  1. Suhbat boshlangunga qadar nomzoddan sog‘ligi holati so‘raladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar tanlovga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga navbatdagi tanlovda ishtirok etish huquqi tushuntiriladi.
  2. Suhbatlashish jarayonida Komissiya a’zolari tomonidan har bir nomzodga xoxish istagini bildirgan bo‘sh lavozimga tayinlangan taqdirda amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalaridan kelib chiqib savollar beriladi hamda nazariy bilimlari bo‘yicha suhbat o‘tkazilib javoblari baholanadi.
  3. Nomzod berilgan savollarga javob bera olmasa yoki Komissiya tomonidan berilgan javoblar asosida nomzodning bilim darajasini aniqlashning imkoniyati bo‘lmasa, komissiya raisining ruxsati bilan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Qo‘shimcha savollar oldingi savollarga berilgan javoblarni aniqlashtirish maqsadida berilishi va oldingi savollar doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
  4. Suhbat natijalari bo‘yicha har bir savol 5 (besh) ballik tizimda baholanadi. Jami bo‘lib 5ta savollar beriladi. Javoblarni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

2 ball                       —          Qoniqarsiz javob berish:

3 ball                       —          Qoniqarli javob berish;

4 ball                       —          Yaxshi javob berish;

5 ball                     —          A’lo javob berish.

IELTS — International English Language Testing System — Xalqaro ingliz tilini bilish tizimi bo‘yicha tegishli amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga, hujjatlardagi darajaga qarab 1 balldan 3 ballgacha qo‘shimcha baho beriladi.

  1. Suhbat yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar umumlashtirilib,umumiy ball hisoblab chiqariladi.
  2. Komissiya tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar belgilangan shakldagi javoblar varaqasida qayd qilinadi.
  3. Nomzod tomonidan 20 ( yigirma) va undan yuqori umumiy ball to‘planganida, ikkinchi — asosiy tanlovga o‘tkazishga tavsiya etiladi.

             V — bob. Nomzodlar o‘rtasida asosiy tanlovni o‘tkazish

Tanlovoldi suhbatdan o‘tgan  talabgorlar bilan asosiy tanlov tanlovoldi suhbat o‘tkazilganidan so‘ng 15 kunlik muddat ichida yoki Komissiya raisi belgilagan muddatda o‘tkaziladi.

Asosiy tanlovda ishtirok etishga kelgan talabgorlar Komissiya a’zolariga :  —  pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni ;

— mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

— harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

— qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi

  1. Asosiy tanlovda Komisiya a’zolari tomonidan ishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorga  bo‘sh ish o‘rni lavozimida bajarishi lozim bo‘lgan mansab vazifalaridan  kelib chiqqan holda tegishli savollar beriladi.

25 Asosiy tanlov natijalari bo‘yicha har bir savol 5 (besh) ballik tizimda baholanadi. Jami bo‘lib 5ta savollar beriladi.

  1. Javoblarni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

2 ball                      —          Qoniqarsiz javob berish:

3 ball                      —          Qoniqarli javob berish;ball

4 ball                      —             Yaxshi javob berish;

5 ball                      —          A’lo javob berish.

 

IELTS — International English Language Testing System — Xalqaro ingliz tilini bilish tizimi bo‘yicha tegishli amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga, hujjatlardagi darajaga qarab 1 balldan 3 ballgacha qo‘shimcha baho beriladi.

27.Asosiy tanlov yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar umumlashtirilib,umumiy ball hisoblab chiqariladi.

28.Komissiya tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar belgilangan shakldagi javoblar varaqasida qayd qilinadi.

  1. Nomzodlar tomonidan 20 ( yigirma) va undan yuqori umumiy ball to‘planganida eng ko‘p ball to‘plagan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuzishga tavsiya etiladi.

30.Shundan so‘ng asosiy tanlovdan o‘tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi shartlarini kelishuv jarayoni boshlanadi.

31.Mehnat shartnomasi shartlari kelishilganidan so‘ng mehnat shartnomasini tuzish jarayoni rasmiylashtiriladi.

VI-bob. Yakuniy qoidalar

32.Tanlovoldi suhbat va asosiy tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod o‘n kun muddat ichida ” Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJning Bosh direktoriga,  “ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJga yoki sudga  belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat kilishi mumkin.

HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI

Tanlovda ishtirok etishga istak bildirgan nomzodlarning hujjatlari   info@feznavoi.uz elektron manzili orqali yoki http://nfez.uz/ onlayn ruyxatdan utish orkali. Yoki Navoiy viloyati, Karmana tumani, Do‘stlik MFYda joylashgan EIZ Direksiya binosida qabul qilinadi.

TANLOV QUYIDAGILARNI O‘Z ICHIGA OLADI :

Nomzodlar va ularning hujjatlarini  bo‘sh vakant lavozimlarga qo‘yiladigan talablariga muvofiqligini o‘rganish 15 kun;

Test sinovlarini o‘tkazish

“ Navoiy EIZ Direksiyasi ” AJ da suhbat.