“NAVOIY EIZ DIREKSIYASI” AJNING 2022-2026 YILGACHA RIVOJLANISH STRATEGIYASI
Erkin iktisodiy zonalar tashkil etilishi okibatida mamlakatga ko‘plab investitsiyalarni oqib kelishini kuzatishimiz mumkin. mamlakat tashki iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlanib, tashqi savdo, eksport import operatsiyalarini yanada rivojlanadi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirib, uni rivojlanishiga olib keladi.
Buning uchun avvalambor, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda hududlarni, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va joylashuv manzilini to‘g‘ri tanlash;
Xududlar imkoniyatidan kelib chiqqan holda erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘nalishini va istiqbolini aniqlash;
Erkin iktisodiy zonalarda klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda zonalar ishtirokchilari o‘rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
Chet elda va mamlakat vakolatxonalarida erkin iqtisodiy zonalar manfaatlarini ko‘zlovchi, investorlarni jalb etish uchun information reklama tadbirlarini o‘tkazish;
Ommaviy axborot vositalari va internet sahifalarida mamlakatda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar imkoniyatlari hamda salohiyati bo‘yicha jozibadorligini ifodalovchi reklamalarni kuchaytirish;
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish iqtisodiyotini rivojlanishi, eksport salohiyatini oshishi, aholi bandligini ta’minlash, aholi turmush farovonligini ravnaqi va iqtisodiyot barqarorligi, eng asosiysi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashib o‘z mavqeiga ega bo‘lishiga olib keladi.