Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda!
Внимание! Сайт работает в тестовом режиме!
  • Uzbek

“MNG AIRLINES” – ISTANBULDA JOYLASHGAN TURKIYANING YUK AVIAKOMPANIYASINING TIJORAT ISHLARI BO’YICHA DIREKTORI KAMIL JAKIR “NAVOIY” EIZGA TASHRIF BUYURDI.

“MNG Airlines” – Istanbulda joylashgan Turkiyaning yuk aviakompaniyasining tijorat ishlari bo’yicha Direktori Kamil Jakir 22-sentyabrda “Navoiy” EIZga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Navoiy viloyatidagi eksport bilan shug’ullanadigan korxona vakillari bilan suhbat o’tkazildi. Suhbatda janob Kamil Jakir Navoi-Istanbul o’rtasida qatnovlarni 5 barobar oshirish, eksportchi korxonalarga yanada qulayliklar, arzonroq narxlar va MDH davlatlaridan ham cargo yuklar Navoiyda yig’ilib to’gri Istanbulga yetkazish rejalashtirilayotganini ta’kidlab o’tdi. Shuni ham aytish joizki, “MNG Airlines” yaqin sharqdan uzoq sharqqa, AQShga, Evropa va Osiyodagi shaharlarga doimiy va charter yuklarni tashiydi. Aviakompaniyaning asosiy portlari – Istanbul Otaturk xalqaro aeroporti, Antaliya aeroporti va Bryussel aeroporti hisoblanadi. E’tiboringizga olingan lavhalarni ham havola etamiz.