«Telecom Innovations» MCHJ QQ (Singapur, Xitoy)
«ТV tyunerlar, ADSL modemlar va Home gate way qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot»
«UzEraeCable» MCHJ (Koreya)
«Avtomobillar uchun kabel va akkumulyator jgutlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot»
«UzEraeAlternator» MCHJ QQ (Koreya)
«Avtomobillar uchun generator va kompressor ishlab chiqaruvchi tashkilot»
Navoiy viloyatining hududiy chegaralari ichida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirayotgan korxonalarga, hududda mavjud bo‘lgan yoki engil barpo etiladigan infratuzilmalarda ishlab chiqarishlarni ixcham joylashtirgan holda «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
Navoiy viloyati hududi keyinchalik belgilangan tartibda muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilandi.
Er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovidan ozod qilinadi. «Navoiy» EIZ ishtirokchisi maqomini olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq to‘lovchining holatini yomonlashtiradigan O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi hujjatlari qo‘llanilmaydi, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi hujjatlar bundan mustasno. «Navoiy» EIZ hududida binolar qurish «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ tomonidan o‘z mablag‘lari va/yoki xususiy investorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin hamda keyinchalik ushbu bino va inshootlar tadbirkorlik sub’ektlariga uzoq muddatli ijaraga yoki sotib olish uchun taqdim etiladi.
«Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ buyurtmanomalariga binoan «Navoiy» EIZ ishtirokchilari bo‘lgan korxonalarning xorijiy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga kirish, shu jumladan ko‘p martalik vizalarni konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda davlat bojini undirmasdan vaqtinchalik turar joyi bo‘yicha propiska qilish va uzaytirishni ta’minlanadi. «Navoiy» EIZ direksiyasi» AJ tuzilmasida Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil qilingan. Markazning asosiy vazifasi etib «Navoiy» EIZ qatnashchilariga maslahat, vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish, ularning O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi ko‘rgazma va ishbilarmonlik tadbirlariga ishtirokini tashkil qilish, ishtirokchining buyurtmasiga ko‘ra tijorat asosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali ularga mahsulotlar eksportida ko‘maklashish belgilangan.